Davlat kadastlari palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan 2021 yilning shu davriga qadar 18 722 ta turar va noturar joylarga kadastr pasporti tayyorlandi, deya xabar bermoqda Kadastr boshqarmasi Axborot xizmati.
Shuningdek, viloyatda 21 140 ta ko`chmas mulk ob`ektiga bo`lgan huquqlar va ular bo`yicha tuzilgan bitimlar davlat ro`yxatidan o`tkazilgan.
Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tadbirkorlarga 789 ta 33,23 gektar qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan bo`sh er uchastkalar “ERELEKTRON” avtomatlashgan axborot tizimi orqali elektron auksion savdosida sotilgan.