BMT Bosh kotibi Antoniu Guterreshga ko`ra, Toliblarning Afg`onistonda xukumatni juda tez qo`lga olishi dunyoning boshqa mintaqalarida harakat qilayotgan terrorchi guruhlarni ruhlantirib yuborishi mumkin. Bu haqda Ria Novosti xabar bermoqda.
"Men juda xavotirdaman, chunki dunyoning turli mintaqalarida terrorchi guruhlar harakat qilayotganini ko`rib turibmiz. Ular garchi toliblardan farq qilsada, «Tolibon» g`alabasidan ruhlanishi mumkin.
Agar mamlakatda har qanday sharoitda ham o`limga tayyor turgan guruhlar bo`lsa va ular mamlakatga hujum qilishga qaror qilsa, ko`rib turibmizki, armiya ularni qaytara olmaydi, ular qochadi. Afg`oniston armiyasi 7 kunda yo`q bo`ldi.
U shuningdek, ko`plab mamlakatlarning terrorchilar bilan kurash olib borishga tayyor emasligidan xavotir bildirib, terrorizimga qarshi kurashda birdamlik va birlashish zarurligini ma`lum qildi", - deydi BMT Bosh kotibi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq, Tolibon o`zining yangi muvaqqat hukumatini e`lon qilgan edi va O`zbekiston Afg`onistonda muvaqqat Hukumat tuzilganini olqishlashini ma`lum qildi.