AsosiyJamiyat

“Siyob dehqon bozori”da joy talashib mushtlashgan ayollar sudlandi

'“Siyob dehqon bozori”da joy talashib mushtlashgan ayollar sudlandi'ning rasmi

2021 yil 5 sentyabr kuni Samarqand shahrida joylashgan “Siyob dehqon bozori”da savdo qiluvchi bir guruh sotuvchilar savdo joyi uchun talashib o`zaro mushtlashgan.

IIV axborot xizmatining ma`lum qilishicha, 10 sentyabr kuni ushbu holat yuzasidan to`plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudida ko`rib chiqildi.

Sud qaroriga asosan, fuqarolar N.Nafisa hamda U.Nigora Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 41-moddasi va 52-moddasining 2-qismida ko`rsatilgan ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etgan, deb topilgan. Ularga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Fuqarolar A.Nodirjon hamda I.Raveljonlar O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasida ko`rsatilga ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ularga nisbatan 15 sutka ma`muriy qamoq jasozi tayinlangan.

Voyaga etmagan A.Diyorjon javobgarlik yoshiga etmaganligi sababli, uning qonuniy vakili otasi N.Nurulloga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, konuniy qaror qabul qilish uchun Samarqand shahar voyaga etmaganlar bo`yicha idoralararo komissiyasiga yuborilgan.

 

    Boshqa yangiliklar