Joriy yilning 11 sentyabr kuni soat 01:00da Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Favqulodda vaziyatlar bo`limining “1050” qisqa raqamiga Shahrisabz tumani “Pillakashlik” MFYda istiqomat qiluvchi fuqarodan qo`ng`iroq bo`lgan.
FFVning ma`lum qilishicha, murojaatchi hovlisida qazilgan chuqurligi 4 metr bo`lgan quduqqa sigiri tushib ketganligi hamda uni olib chiqishda yordam so`ragan.
Tuman yong`in-qutqaruv otryadi aytilgan manzilga zudlik bilan etib borgan va tezkor harakatlar natijasida sigir quduqdan chiqarib olingan.






