AsosiyJamiyat

Senatorlar zamonaviy tibbiyot muassasasi ochilishida ishtirok etdi (foto)

'Senatorlar zamonaviy tibbiyot muassasasi ochilishida ishtirok etdi (foto)'ning rasmi

Bugun, 10 sentyabr kuni poytaxtda “Medion innovation” klinikasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining Axborot xizmati ma'lum qildi. 

Ochilish marosimida Senat a`zolari, hukumat mutasaddilari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, xalqaro mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

Ta`kidlash joizki, ushbu muassasa 50 o`ringa, shundan 10 tasi reanimasiya bo`limiga mo`ljallangan. Asosan kardioxirurgiyaga ixtisoslashgan bo`lsa-da, 20 ga tibbiy yo`nalishda xizmat ko`rsatiladi. 

Tadbirda so`zga chiqqanlar yaqin kunlarda “Mehrli yurak” fondi bilan hamkorlikda 10 nafarga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar a`zolarida jarrohlik amaliyotini o`tkazish rejalashtirilgani, Rossiya, Germaniya, Hindiston, Turkiya, Ukraina davlatlaridan kelgan mutaxassislar ham faoliyat yuritishi, bemorlarni tibbiy o`tkazishini ta`kidladi. 

Shuningdek, joriy yilning 20 avgust kuni davlatimiz rahbarining O`zbekiston tadbirkorlari bilan o`tkazilgan ochiq muloqotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik O`zbekiston iqtisodiyotining ustuvor yo`nalishlari sifatida belgilangani, ushbu klinika ham tadbirkorlar, shu jumladan, xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini har tomonlama qo`llab-quvvatlash borasida berilayotgan imkoniyatlar natijasi ekanligi qayd etildi. 

    Boshqa yangiliklar