AsosiyJamiyat

Yo`l transport hodisalarining 5 tadan bittasi “Damas” ishtirokida sodir bo`lmoqda

'Yo`l transport hodisalarining 5 tadan bittasi “Damas” ishtirokida sodir bo`lmoqda'ning rasmi

Toshkent viloyati IIBB YHXB mutaxassislarining tahlillariga ko`ra, joriy yil boshidan buyon sodir bo`lgan yo`l transport hodisalarining 21 foizi “Damas” rusumli avtomobillar ishtirokida sodir bo`lgani aniqlandi. Achinarlisi, buning oqibatida 25 nafar fuqoro vafot etgan. Holat yuzasidan O`zA ma`lumot berdi.

Statistik ma`lumotlar shuni ko`rsatadiki, “Damas” rusumli avtoulovlarni aksariyat 20-30 yoshlardagi fuqorolar boshqarar ekan. Bu esa tajribasiz, qiziqqon yoshlarning yo`l transport hodisalarini keltirib chiqarishiga yana bir sababdir. Agar bu kabi noxush hodisalarni tuman-shaharlar kesimida tahlil qilsak, Olmaliq shahrida sodir bo`lgan yo`l transport hodisalarining 42 foizi, Quyi Chirchiq tumanida 35 foizini aynan “Damas” rusumli avtoulovlarda sodir etilgani ma`lum bo`ldi.

Toshkent viloyati IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan o`tgan 3 kun mobaynida 218 ta “Damas” rusumli avtoulovlarni hujjatsiz, texnik nosozligi, litsenziyasiz yo`lovchi tashigani, belgilangan jarimani 60 kun muddatda to`lamagani va boshqa qoidabuzarlik sodir etgani uchun qonuniy ravishda jarima maydoniga joylashtirildi.

Bu kabi ishlar viloyat hududida davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar