AsosiyJamiyat

"O`zimga kelib uchrashmaysizmi?" Tadbir ishtirokchilarini ovqatlantirib, pulini ololmagan choyxona egasi Zoyir Mirzaev qabulida bo`ldi

'"O`zimga kelib uchrashmaysizmi?" Tadbir ishtirokchilarini ovqatlantirib, pulini ololmagan choyxona egasi Zoyir Mirzaev qabulida bo`ldi'ning rasmi

Ko`plab saytlar va telegram kanallarda "Qarshidagi choyxona egasi qariyb 20 mln. so`mga yaqin xizmat haqini olomayapti" mazmunidagi xabar qizg`in muhokamalarga sabab bo`ldi.

Hokimliklari axborot xizmatining xabar berishicha, viloyat hokimi Zoyir Mirzaev tadbirkor bilan uchrashib, mas`ullar ishtirokida masalani muhokama qildi. Aniqlanishicha, tadbir ishtirokchilarini ovqatlantirish uchun 20 mln. so`mga yakin 2 kunlik tushlik puli hujjatlardagi xatoliklar sabab to`lab berilmagan.

- O`zimga kelib uchrashmaysizmi?, - dedi viloyat hokimi. - Yoki onlayn botimga yozsangiz ham e`tibordan chetda qoldirmaslikka harakat qilardim. Kecha ushbu xabarni eshitiboq, yordamchimga sizni topib, qabulimga olib kelishlarini aytdim. Kamchiliklarga yo`l qo`ygan rahbarlarni bir martaga kechirasiz, mablag`ni esa mahalliy byudjetdan o`zim to`lab beraman shu haftaning o`zida. Endi bu ish sizga ham saboq bo`lsin, shartnomasiz ishlamang.

    Boshqa yangiliklar