AsosiyJamiyat

Qaysi hududda sanoat korxonalari soni ko`p?

'Qaysi hududda sanoat korxonalari soni ko`p?'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning 1 sentyabr holatiga respublikamizda jami faoliyat ko`rsatayotgan sanoat korxonalari soni 92 033 tani tashkil etmoqda.

2020 yilning mos davri bilan solishtirilganda 17,6 % ga oshgan.

Mamlakatimizda jami faoliyat ko`rsatayotgan (fermer va dehqon xo`jaliklarisiz) korxonalarning 17,4 foiz (92 033 ta) ulushini sanoat korxonalari tashkil etib, shundan kichik biznes sub`ektlari soni 91 188 tani tashkil etgan.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni:

🔸Toshkent shahri – 16 705 ta

🔸Farg`ona viloyati – 10 106 ta

🔸Toshkent viloyati – 9 422 ta

🔸Andijon viloyati – 9 401 ta

🔸Samarqand viloyati – 8 060 ta

🔸Namangan viloyati – 7 274 ta

🔸Buxoro viloyati – 4 826 ta

🔸Qashqadaryo viloyati – 4 760 ta

🔸Surxondaryo viloyati – 4 554 ta

🔸Xorazm viloyati – 4 110 ta

🔸Jizzax viloyati – 3 810 ta

🔸Navoiy viloyati – 3 489 ta

🔸Qoraqalpog`iston R. – 3 255 ta

🔸Sirdaryo viloyati – 2 261 ta

    Boshqa yangiliklar