O`zbekistondan Rossiyaga olib borilgan tuksiz shaftolilarda (nektarin) zamburug`li kasallik aniqlandi. Bu haqda tass yozmoqda.
Shu munosabat bilan Rosselxoznadzor O`zbekiston Respublikasi O`simliklar karantini davlat inspeksiyasi bilan mevalar etkazib berish masalasida muzokara o`tkazgan.
“Rossiya tomoni O`zbekiston nektarin partiyalarida EOIIga a`zo davlatlar uchun karantin bo`lgan zamburug`li kasallik – qo`ng`ir monilioz chirish aniqlaganini ma`lum qildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ilgari bu karantin ob`ekti o`zbek mevalarida aniqlanmagan.
Rossiya tomoni tekshiruv o`tkazish, tuksiz shaftolilarning kelib chiqishini aniqlash va faqat “toza” hududlarda etishtirilgan mevalarni etkazib berishga chaqirgan.
Rosselxoznadzor ta`kidlashicha, qo`ng`ir monilioz chirish kasalligi nafaqat danakli mevalarga, balki po`chog`li urug`i bo`lgan ekinlariga ham ta`sir qiladi - bularning hammasini O`zbekiston tomoni sinchkovlik bilan tekshirib chiqishi kerak.
Yana bir masalasi - o`zbek mahsulotlarida sharqiy mevaxo`r kapalaklar aniqlanishi bo`ldi. O`zbekiston tomoni mahsulotlarda bu hasharot haqida import qiluvchi davlatlardan kelgan xabarlar sonining ko`payganini tasdiqladi, uni tarqalishini oldini olish bo`yicha dasturga tuzatish kiritish rejalashtirilgan.






