Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoev raisligida avgust oyida o`tkazilgan yig`ilishda ekologiya sohasida qo`llaniladigan jarimalar miqdori 5 baravar, etkazilgan zarar uchun kompensasiya miqdori 2 baravarga oshirilishini davlat rahbari alohida ta`kidlab, Toshkent shahri va viloyat markazlarida ekologiya polisiyasi tashkil etilishini ma`lum qilgan edi.
Ma`lumotga ko`ra, ekologiya polisiyasining zimmasiga ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar, jumladan, daraxtlarni ruxsatsiz kesish, brakon`erlik, noqonuniy chiqindilar tashlash kabi holatlarga qarshi profilaktika vazifalari yuklatiladi.
"Ushbu polisiya ichki ishlar tizimida xizmat olib boradi, uning faoliyati o`zi aniqlagan huquqbuzarliklardan undirilgan jarimalar hamda mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiriladi. Yangi tizimni yil yakuniga qadar yo`lga qo`yish rejalashtirilgan", deyiladi Namangan viloyati IIB xabarida.






