14 sentyabr kuni soat 11:00 dan 16:00 ga qadar «Chinobod» ko`chasidagi 100 ta xonadonlarda tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati ma`lum qildi.
Gaz ta`minotining uzilishiga kuz – qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish maqsadida, Chinobod ko`chasida joylashgan «CRYSTAL PAINT» MChJ ko`p qavatli uyning o`rta bosim er osti D – 219 mm gaz quvurini harakatdagi D – 325 mm gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilganligi sabab bo`lgan.
Shuningdek, Chilonzor tumani Gavhar mahalla hududidagi D – 426 mm er osti o`rta bosim gaz quvurini mukammal ta`mirlash ishlari yakunlanganligi sababli, qayta ulash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli 14 sentyabr soat 11:00 dan 18:00 ga qadar «Do`mbirabod», «Katta Do`mbirabod», Gavhar, «Naqqoshlik» mahalla hududidagi 2 971 ta xonadonlarda hamda ushbu manzillardagi 49 ta ko`p qavatli uylardagi 1 908 ta xonadonlar va yuqorida ko`rsatib o`tilgan manzillardagi 10 ta ulgurji iste`molchilarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.






