AsosiyJamiyat

Zangiota, Yuqori Chirchiq, O`rta Chirchiq va Qibray tumanlaridagi 25 ta saylov uchastkalari Toshkent shahriga o`tkazilmoqda

'Zangiota, Yuqori Chirchiq, O`rta Chirchiq va Qibray tumanlaridagi 25 ta saylov uchastkalari Toshkent shahriga o`tkazilmoqda'ning rasmi

Bu haqda Nurafshon shahrida bo`lib o`tgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazuvchi 10-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasining navbatdagi yig`ilishida ma`lum qilindi. 

Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 27 avgustdagi tegishli qarori va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazuvchi 10-Toshkent viloyati okrugi hududi bo`yicha saylov uchastkalarining joylashuvi yuzasidan 4 ta tuman hokimlarining taqdimnomalari ma`lumot uchun qabul qilindi.

Xususan, Toshkent viloyati va Toshkent shahrining ma`muriy hududi o`zgarishi munosabati bilan quyidagi — Zangiota, Yuqori Chirchiq, O`rta Chirchiq va Qibray tumanlaridagi 25 ta saylov uchastkalari tugatildi.

Jumladan, qaror bo`yicha Zangiota tumanidagi 303-, 304-, 305-, 306-, 309-, 310-, 311-, 312-, 313-, 314-; Yuqori Chirchiq tumanidagi 703-; O`rta Chirchiq tumanidagi 834-, 835-, 836-; Qibray tumanidan 897-, 904-, 905-, 906-, 907-, 908-, 909-, 910-, 911-, 912, 913-saylov uchastkalari hudud ro`yhatidan chiqarildi.

Yig`ilishda 10-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasining tegishli qarorlari qabul qilindi. Unga ko`ra, hududlarda tugatilayotgan 25 ta saylov uchastkalari va uchastka saylov komissiyalarining shaxsiy tarkibi haqidagi barcha ma`lumotlar 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasiga taqdim etiladigan bo`ldi.

Demak, endilikda viloyat bo`yicha 963 ta saylov uchastkasi faoliyat ko`rsatadi.

    Boshqa yangiliklar