Ijtimoiy tarmoqlarda "Andijon shahrida avtomashinalar harakatlanish vaqtida taraflar o`rtasida tortishuv kelib chiqqan. Andijon shahar IIB 4-bo`lim xodimlari tomonidan fuqarolar kaltaklangani, haqorat qilingani aytilmoqda" nomli videoxabarlar tarqaldi. Ushbu hodisa yuzasidan Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma`lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga ko`ra, yo`l qismida harakatlanish vaqtida taraflar o`rtasida tortishuv kelib chiqqan. Fuqarolar kaltaklangani, haqorat qilingani aytilmoqda. Ushbu xodimlarni Andijon shahridagi IIB 4-bo`limidan ekanligi aytilmoqda.
Hayot Shamsutdinovning ma`lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan joriy yilning 14 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga engil shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o`rnatilgan.