AsosiyJinoyat

Poytaxtga kirishda "Toyota Land Cruiser" avtomobilidan shubhali modda topildi

'Poytaxtga kirishda "Toyota Land Cruiser" avtomobilidan shubhali modda topildi'ning rasmi

2021 yil 14 sentyabr kuni Toshkent shahar, Olmazor tumani hududida joylashgan "Mineral suvlar" blok-postida xizmat olib borgan YPX xodimi U.Mahkamov tomonidan "Toyota Land Cruiser" rusumli avtomobil to`xtatildi. 

Tekshiruv davomida salonda bo`lgan yo`lovchi, 1971 yilda tug`ilgan B.T. turli xatti-harakatlari bilan xodimda shubxa uyg`otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida mazkur yo`lovchining cho`ntagidan, qog`oz bo`lagiga o`ralgan, yashil rangli, o`tkir hidli giyohvandlik vositasiga o`xshash modda topilgan. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib fuqaro B.T. va topilgan modda tuman IIO FMBga topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar