AsosiyJamiyat

Toshkent metrosi bekatlarida reyd o`tkazildi

'Toshkent metrosi bekatlarida reyd o`tkazildi'ning rasmi

“Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi bekatlarida karantin qoidalariga rioya etilishi yuzasidan reyd tadbirlari o`tkazildi. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ Axborot xizmati xabar bermoqda.

"Karantin cheklovlari yumshatilgani sababli ayrim fuqarolar tomonidan aholi gavjum joylarda tibbiy niqobsiz haraktlanish davom etmoqda. Shu munosabat bilan Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent metropolitenida reyd tadbirlari o`tkazildi.

Metro bekatlarida yo`lovchilarning to`planishi bu xavf to`lqinidan dalolatdir. Buni anglagan yo`lovchilar karantin qoidalariga amal qilgan holda haraktlanishmoqda. Biroq ayrim yo`lovchilar o`z hayotiga e`tiborsizlik va loqaydlik bilan niqobsiz yoki niqoblarini jag` qismiga tushirgan holda harakatlanishmoqda. Profilaktik tadbirlarni o`tkazishdan ko`zlangan asosiy maqsad, karantin qoidalariga rioya qilmagan yo`lovchilarni jarimaga tortish emas, aksincha virusni engishda hamjihatlikni ta`minlashdir. Shu bois huquq tartibot xodimlari  bu gal karantin talablarini buzgan fuqarolarni virus xavfidan ogohlantirib, o`z salomatligiga e`tiborli bo`lishga chaqirishdi. Niqoblarni tez-tez almashtirishlarini tushuntirib, tibbiy niqoblar tarqatishdi", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar