1

Xiva shahrining "Turkiy dunyo madaniyat poytaxti" deb e`lon qilinganligi to`g`risidagi sertifikat tantanali topshirildi

Madaniyat 15.09.2021, 13:41
Xiva shahrining "Turkiy dunyo madaniyat poytaxti" deb e`lon qilinganligi to`g`risidagi sertifikat tantanali topshirildi

"Markaziy Osiyo dunyo sivilizasiyalari chorrahasida» xalqaro madaniyat forumi doirasida Xiva shahridagi Ichan-Qal`a muzey-qo`riqxonasida hamda Nurullaboy majmuasida “Xiva – turkiy dunyo madaniyat poytaxti” deb e`lon qilinishiga bag`ishlangan madaniy konsert dasturi tashkil etildi. 

Unda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari-turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ishtirok etib, mazkur tadbirga tashrif buyurgan xorijiy tashkilotlar vakillarini samimiy qutladi.

Shundan so`ng, UNESCOning O`zbekistondagi vakili Gabriella Ramos hamda "TURKSOY" xalqaro tashkiloti direktori o`rinbosari Bilol Chakiji madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Xiva shahar hokimi Temur Davletovga Xiva shahrining "Turkiy dunyo madaniyat poytaxti" deb e`lon qilinganligi to`g`risidagi sertifikatni tantanali ravishda topshirdi.

Ta`kidlash joizki, O`zbekistonning "TURKSOY"ga a`zo bo`lishi yurtimizning boy madaniy merosini xalqaro miqyosda keng targ`ib etishga xizmat qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1