AsosiyJinoyat

Sirdaryoda fuqaro to`rt kishi tomonidan urib o`ldirilgani aytilmoqda

'Sirdaryoda fuqaro to`rt kishi tomonidan urib o`ldirilgani aytilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “4 kishi tarafidan o`ldirilib ketilgan insonni ishi yopti-yopti bo`lib kettimi? Nega prokuratura e`tibor qaratmayapti? Holat aslida qanday” nomli videoxabar tarqalgan.

Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati prokuraturasi bayonot berdi. 

Aniqlanishicha, Sayxunobod tumani IIB navbatchilik qismining 19.07.2021 yil soat 01-53 da bergan xabariga ko`ra, Sayxunobod tumani, “Nurobod” mahallasi, A.Navoiy ko`chasida yashagan M.K. tuman tibbiyot birlashmasida yurak ishemik xastaligi, o`tkir miokard infarkti, o`tkir nafas va yurak qon tomir etishmovchiligi, o`pka shishi hamda alkogol mastlik holati bilan vafot etgan.

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Sirdaryo viloyati filialining xulosasiga ko`ra, marhum M.K.ning o`limi o`tkir yurak qon tomirlar etishmovchiligi bilan kechgan, miokard infarkti ko`rinishidagi yurakning o`tkir ishemik kasalligidan kelib chiqqanligi, bundan tashqari jigar serrozi kasalligi va etil spirtining og`ir darajali zaxarlanish holati ham mavjudligi aniqlangan. 

Tergovga qadar tekshiruv yakuniga ko`ra, 18.08.2021 yilda M.K.ning vafot etganligi holatida biror-bir shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli, O`zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.

Hozirda videoxabarda ko`rsatilgan holatlar Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar