AsosiyJamiyat

Vujudga kelgan nosozliklar sabab Toshkentning uchta tumanida ichimlik suvi to`xtatiladi

'Vujudga kelgan nosozliklar sabab Toshkentning uchta tumanida ichimlik suvi to`xtatiladi'ning rasmi

Joriy yilning 15 centyabr holatiga favqulodda vujudga kelgan nosozliklar va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida Toshkent shahrining ayrim joylarida ichimlik suvi vaqtinchalik rejali to`xtatiladi. Bu haqda "Toshkent shahar suv ta`minoti" MChJ xabar bermoqda.

Jumladan:

- Chilonzor tumani, qizilsharq mavzesida diametri 400mm yangi quvurni mavjud tarmoqqa ulash ishlari olib borilishida munosabati bilan 6 ta 9 qavatli uy va 1 ta maktab;

- Olmazor tumanida diametri 600 mm. bo`lgan tarmoqda yuzaga kelgan nosozlik sababli,  Beruniy, M.G`olib, Qamarniso mahallalari hududida 400 ta erli xonadon va 8 ta 5-qavatli uylar hamda I.Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti va 10-ta korxona;

- Mirobod tumani,  Eski Otchopar hududida diametri 900 mm. tarmoqdagi nosozolik sabab tarmoq yopildi. Natijada 12 ta 2 qavatli, 20 ta erli xonadon va 10 ta korxona suvsiz qoladi.

Barcha suvsiz qolgan hududlar maxsus texnika yordamida suv bilan ta`minlanadi.                                 

    Boshqa yangiliklar