AsosiyJamiyat

Yil oxiriga qadar "O`zbekneftgaz"ning hamma shoxobchalariga tezkor zaryadlash qurilmasi o`rnatiladi

'Yil oxiriga qadar "O`zbekneftgaz"ning hamma shoxobchalariga tezkor zaryadlash qurilmasi o`rnatiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 10 iyulkunidagiPQ-4779-sonli Qaroriga muvofiq respublikada elektrmobillarga xizmat ko`rsatish uchun infratuzilmasi, shu jumladan, zaryadlash stansiyalari va serviz markazlarini tashkil etishning rag`batlantirish chora-tadbirlari belgilangan.

Mazkur Qarorga asosan, Samarqand shahrida elektromobillarni tezkor zaryadlash qurilmasi o`rnatildi. Ma`lum bo`lishicha bu shaharda joylashgan 89-sonli "Samarqand-2" nomli AYoQShda elektromobillarni tezkor zaryadlash qurilmasi bo`ldi.  

"Endi Samarqandlik elektromobil egalari Samarqand shahar Rudakiy ko`chasi 145-uy manzilida joylashgan "O`zbekneftgaz" AJ "UNG Petro" korxonasiga qarashli AYoQShda o`rnatilgan qurilmadan uzluksiz foydalanishlari mumkin", - deydi “UNG Petro”MChJ direktori Mirzoxid Musaev. - Bugun rivojlangan davlatlarda elekromobillar ishlab chiqilmoqda. Bu avvalo ekologik muammolarni bartaraf etadi va innovasion yangi bozorlarni shakllanishiga olib keladi. Bugungi o`rnatilgan stansiyamiz barcha turdagi elektromobillarni quvvatlay oladigan stansiya hisoblanadi. Butun Respublika bo`ylab hamma shoxobchalarimizda yil oxiriga qadar bosqichma-bosqich  elektromobillarni tezkor zaryadlash qurilmasi o`rnatiladi.  Butun respublika bo`ylab quvvatlash shoxobchalari o`rnatilishi nisbatan cho`ntakbop bo`lgan yangi avlod transporti elektromobillarni harakati uchun yanada qulayliklar yaratadi. Toshkent va Samarqand shaharlarida elektromobillarni tezkor zaryadlash qurilmalari samarali ishlashi to`liq ta`minlangan holda, kelgusida Respublikaning barcha hududlarida yo`lga qo`yiladi", - deydi mutaxassis.

 

    Boshqa yangiliklar