AsosiyJamiyat

Kollej va texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish muddati uzaytirildi

'Kollej va texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish muddati uzaytirildi'ning rasmi

Ko`p sonli abiturientlar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olgan holda kollej va texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish muddati 2021 yil 25 sentyabrga (shu kuni ham) qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar bermoqda.

Abiturientlarning hujjatlarini qabul qilish onlayn tarzda kollejlarga https://kollej.edu.uz  va texnikumlarga www.texnikum.edu.uz  elektron platformalari orqali amalga oshirilmoqda.

Elektron platforma orqali quyidagi tartibda ro`yxatdan o`tiladi:

  •  Elektron ariza to`ldiriladi;
  •  Umumta`lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat nusxasi yoki o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasasini tamomlaganligi to`g`risidagi diplom nusxasi yuklanadi;
  •  Pasport ma`lumotlar kiritiladi.

Izoh: Yuridik texnikumlar bundan mustasno.

    Boshqa yangiliklar