Davlat xavfsizligi xizmati bilan birgalikda o`tkazilgan tadbirda 1 million AQSh dollari ko`rinishidagi kupyurani sotayotgan firibgarlar ushlandi.
Qayd etilishicha, departament hamda DXX tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida tezkor tadbir o`tkazilgan.
Unda fuqaro F.N. va I.P. oldindan til biriktirib, firibgarlik va ishonchini suiiste`mol qilish yo`li bilan hech qanday qiymatga ega bo`lmagan 1988 yilda ishlab chiqarilgan 1 000 000 AQSh dollari ko`rinishidagi yaxlit kupyurani fuqaro U.ga 40 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.