13 sentyabr kuni soat 19:23 larda, Namangan shahar Kelajak tongi MFY Chortoq ko`chasida, Namangan shahrida yashovchi, 1999 yilda tug`ilgan fuqaro VAZ-2101 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lga yugurib chiqqan piyoda, Namangan shahrida ota-onasi qaramog`ida yashagan, tumandagi maktabning 3-sinf o`quvchisi, 2012 yilda tug`ilgan bolani urib yuborgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Natijada, piyoda og`ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 13 sentyabr` kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






