AsosiyJamiyat

Fuqaro murojaatiga PPX xodimlari nega e`tiborsizlik qildi. IIBB vaziyatga aniqlik kiritdi

'Fuqaro murojaatiga PPX xodimlari nega e`tiborsizlik qildi. IIBB vaziyatga aniqlik kiritdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishining PPX xodimlariga nisbatan noroziligi aks etgan video tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan IIBB quyidagilarni ma`lum qildi:

Joriy yilning 11 sentyabr kuni taxminan soat 14:00 larda Bektemir tumanida Maftuna C. shu erda xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB PPXB safdor xodimlari B.Raxmonov va Sh.Xusanovlarni oldiga kelib, go`yoki dori vositalari bilan noqonuniy savdo qilayotgan ayolga chora ko`rishligini so`ragan, ularning bee`tiborligiga e`tiroz bildirgan. Shundan so`ng, PPX xodimlari B.Raxmonov va Sh.Xusanovlar mazkur holat yuzasidan otryad komandiri mayor S.Rashidovga axborot berishgan. O`z navbatida S.Rashidov holatga oydinlik kiritish maqsadida tekshiruv o`tkazgan.

 

Videoda aks etgan vaziyatda yo`l chetida savdo qiluvchi ayolning ma`lum qilishicha, Maftuna C. doimiy ravishda sigareta sotib olishini, voqea bo`lgan vaqtda ham unga sigaretani sotganligini, hech qanday dori vositalarini sotmaganligini ma`lum qilgan. 

 

Videoga ahamiyat bersangiz, Maftuna C. dori vositasini sotib olish jarayoni aks etmagan, sotuvchining oldidan uzoqlashgach esa, go`yoki dori vositasini sotib olganligini ma`lum qilgan. 

 

O`rganish jarayonida aniqlanishicha, Maftuna C. muqaddam og`ir jinoyat (O`zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi “Bosqinchlik”) sodir etganligi uchun sudlangan, 2021 yilning o`zida muntazam ravishda ma`muriy huquqbuzarlik uchun O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi “Mayda bezorilik”, 56-1-moddasi “Jamoat joyida tamaki mahsulotlarini iste`mol qilish”, 40-moddasi “Tuhmat” ma`muriy javobgarlikka bir necha bor tortilgan. 

 

Uning o`zi ushbu ko`prik ostida savdo qilmaydi, lekin shu hududda fohishalik bilan shug`ullanuvchi ayollar bilan birga yurganligi, IIO xodimlari tomonidan bir necha marotaba profilaktik suhbatlar o`tkazganligi, “Xavfsiz poytaxt” profilaktik tadbirlar natijasida bu erda fohishalik bilan shug`ullanuvchi ayollar to`planishiga yo`l qo`yilmayotganligi, xodimlarni Maftuna C. yaxshi taniganligi, har-xil bo`lar-bo`lmas uydurma gaplarni tarqatib yurganligi sababli, uning murojaatiga bee`tiborsizlik bilan qarashgan, u xodimlarga nisbatan o`z e`tirozlarini shu yo`sinda namoyish etayotganligini ko`rish mumkin. 

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda. 

 

PPX xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar