Jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tuman sudining ijro varaqasiga asosan “International Job Organization – xususiy bandlik agentligi” MChJ mansabdor shaxslari Sh.Abduraxmanov va boshqalarning jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov organi tomonidan quyidagi summa xatlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining bo`lim katta inspektori Raxmatilla Azimov ma`lum qilishicha, 1,9 mlrd. so`m pul mablag`lari hamda jami 13,7 mlrd. so`mlik mol-mulklarni 1.300 nafar undiruvchilarga etkazilgan moddiy zararlarni qoplashga qaratish to`g`risidagi ijro hujjati Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi ish yurituviga kelib tushib ijro ishi qo`zg`atilgan.
Ijro harakatlari davomida xatlangan pul mablag`larini Byuroning Toshkent viloyati bo`limi depozit hisob raqamlariga o`tkazish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilinib, ushbu pul mablag`lari depozit hisob raqamida jamlangan.
Hozirda mazkur xususiy bandlik agentligidan jabrlangan 299 nafar fuqarolar murojaat qilib, o`zlariga tegishli hisob raqamlar xaqidagi ma`lumotlarni taqdim qilishgan.
Ariza topshirgan fuqarolardan jami 484 nafar fuqarolarga 1,1 mlrd. so`m taqsimlangan pul mablag`lari o`tkazilishi ta`minlandi.
Ma`lumot o`rnida:
Jamiyatdan jabr ko`rgan fuqarolarimizning aksariyati viloyatlarda yashashligini inobatga olib, ularga yanada qulaylik yaratish va ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida, Byuro ishchi guruhga +998(33)086-61-31 raqamli “Telegram” dasturi orqali jabrlanuvchilar haqidagi (pasport nusxa, plastik kartochka, bank rekvizitlari va iltimosnoma) ma`lumotlarni yuborishingiz so`raladi.
Shuningdek, Byuroning Toshkent viloyat boshqarmasiga xaftaning dushanba-juma kunlari soat 09-00 dan 18-00 ga qadar kelib murojaat qilishlari hamda ma`lumot uchun
71-231-68-89 va 71-263-53-13 raqamlari orqali bog`lanish mumkin.






