Samarqand veterinariya medisinasi institutida hamkor Belarus Respublikasining Grodno davlat agrar universiteti va Vitebsk davlat veterinariya medisinasi akademiyasi hamda Latviyaning Tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti (Life science and technology - LLU) o`rtasida qo`shma ta`lim dasturlari (Double degree) asosida abiturient va talabalar hujjatlarining qabul jarayonlari boshlandi:
Bakalavriat
- Zooinjeneriya (turlar bo`yicha) (Belarus Grodno davlat agrar universiteti) 20 rus 2+2
- Iqtisodiyot (tarmoqlar bo`yicha) 20
rus 2+2
- Veterinariya medisinasi (Vitebsk davlat veterinariya medisinasi akademiyasi) 20
rus 3+2
- Veterinariya farmasevtikasi 20
rus 2+2
- Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi (Latviya Latviya tabiiy bilimlar va texnologiyalar universiteti) 20 ingliz
1+3
Magistratura
- Chorvachilik mahsulotlarini etishtirish, saqlash va qayta ishlashning an`anaviy va innovasion texnologiyasi hamda sertifikasiyasi (Latviya tabiiy bilimlar va texnologiyalar universiteti) 5 ingliz 0,5+1,5
Hujjatlarni qabul qilish www.qabul.samvmi.uz sayti orqali onlayn tarzda 2021 yilning 20 sentyabr sanasigacha amalga oshiriladi.
Talab etiladigan hujjatlar ro`yxati: (elektron skaner variantlarda)
• Fuqarolik pasporti;
• Diplom (ilovasi bilan) yoki attestat.
• 3x4 rasm
• Til bilish darajasi bo`yicha sertifikat (CEFR, IELTS).






