Rossiya Federasiyasi hududida qurilish, uy-joy kommunal xo`jaligi va savdo sohalarida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo`lgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun charter poezdlarni tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.
Rossiya bosh vaziri o`rinbosari M.Xusnullinning ma`lum qilinishicha, bu masala Rossiya hukumati raisi o`rinbosari T.Golikova bilan kelishilgan va mehnat migrantlarini charter poezdlarda olib kelishning aniq tartibi yaqin kunlarda tasdiqlanadi.






