Bu haqda "O`ztemiryo`lovchi" AJ Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, ushbu intranet tizimida - “Afrosiyob” zamonaviy poezdlarida yo`lovchilar, nafaqat Respublikamiz balki butun jahon bo`ylab yuz berayotgan yangiliklar va o`zgarishlar haqida ma`lumotlarni ko`rib, o`qib hamda tamosha qilib borish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Shuningdek, intranet tizimida yo`lovchilarga klip, mr3, JPG va kino ko`rib, tamosha qilib borish imkoniyatlari yaratiladi.
Bugun, 16 sentyabrdan boshlab bu tizim “Toshkent-Buxoro” yo`nalishida harakatlanadigan 762-sonli hamda “Toshkent-Qarshi” yo`nalishida harakatlanadigan 760-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdlarida ishga tushirildi.
Joriy yil 21 sentyabrdan boshlab, 766-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdida ham intranet tizimi yo`lga qo`yiladi.
Bu tizim bosqichma-bosqich amalga oshirilib, yaqin kunlarda qolgan 2 ta “Afrosiyob” zamonaviy poezdlarida ham ishga tushirish ko`zda tutilgan.






