AsosiyJamiyat

Toshkentda 3-7 yoshli bolalarning 86 foizi bog`cha bilan qamrab olingan, yil oxirigacha ko`rsatkich 94 foizga etkaziladi

'Toshkentda 3-7 yoshli bolalarning 86 foizi bog`cha bilan qamrab olingan, yil oxirigacha ko`rsatkich 94 foizga etkaziladi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Maktabgacha ta`lim vazirligi Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig`i Nilufar Foziljonova ma`lum qildi. 

Ma`lum qilinishicha, 2021 yil sentyabr holatiga Toshkent shahri maktabgacha ta`lim bosh boshqarmasi tasarrufida jami 835 ta maktabgacha ta`lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda, ulardan 473 ta davlat, 332 ta xususiy, 7 ta davlat xususiy sheriklik asosidagi va 23 ta oilaviy maktabgacha ta`lim tashkilotlaridir.

Toshkent shahar Statistika boshqarmasining ma`lumotiga ko`ra 2021 yil uchun 3-7 yoshli bolalar soni 185 282 nafarni tashkil etgan, ulardan qamralganlar soni 159 213 (86%)  nafarni, qamralmaganlar soni esa 26 069 (14%) nafarni tashkil etadi.

Bugungi kunda oldimizga raxbariyat tomonidan katta vazifa qo`yilgan. Ushbu yil yakuniga qamrovni oshirish, ya`ni  86% dan  94 % ga etkazish rejalashtirilgan. Qamrovni ko`tarib 94%ga etkazish uchun ta`lim sifatini ko`tarish, kadrlar saloxiyatini oshirish, moddiy-texnikasini boyitishni orqali amalga oshirish belgilangan.

Bugungi kunda davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarida jami 17 646 nafar xodimlar  faoliyat yuritmoqda. Ulardan 8896 nafari pedagoglar bo`lib, shundan 3649 nafari oliy ma`lumotli.

2020-2021 o`quv yilida Toshkent shahar bo`yicha jami 106 ta maktabgacha ta`lim tashkilotlarida va 4 ta Toshkent shahar Pedagogik kolledjida jami 110 ta bepul majburiy ta`lim guruhlari tashkil etildi. Ushbu guruhlarga 2114 nafar qamralmagan 6 yoshli bolalarni qamrab olindi. Ushbu guruxlar 2021 yilning 25 may oyiga qadar faoliyat yuritgan.

Hozirda 2021-2022 o`quv yili uchun majburiy bir yillik bepul maktabga tayyorlov guruhlari faoliyatini boshlash uchun guruh xonalarning manzilli va bolalar ro`yxati shakllantirildi. Bu yil o`tgan yildagi 110 ta guruhdan tashqari yana yangi 46 ta majburiy ta`lim guruxlarini barchasi 6 yoshli bolalarni qabul qilib olish boshlandi.  Bu orqali Toshkent shaxrida 6 yoshli bolalar 100% qamrab olinishi rejalashtirilgan.

Hozirda bosh boshqarma tomonidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining markaziy, hududiy va tuman (shahar) shtablari bilan hamkorlikda maktabgacha ta`lim tizimidagi xodimlarni koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash ishlari olib borilmoqda. Bugungi kun xolatiga Toshkent shahar maktabgacha ta`lim tizimidagi xodimlarning 87 % koronavirus infeksiyasiga qarshi emlandi. 

 

    Boshqa yangiliklar