Bugun, 16 sentyabr 14:43 da O`zbekistonda zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, zilzila episentri Toshkent viloyati Ohangaron tumanida bo`lgan. Zilzila koordinatalari: 40,89 gradus shimoliy kenglik; 69,64 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=2,8. Chuqurlik: 5 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 55 kilometr janubiy-sharqda joylashgan.
Zilzila episentrida sezilish kuchi 3 balni tashkil etgan.






