AsosiyJamiyat

Turkmanistonda bu yil rekord paxta yig`imi kutilmoqda

'Turkmanistonda bu yil rekord paxta yig`imi kutilmoqda'ning rasmi

Bu yil Turkmanistonda rekord darajadagi "oq oltin" yig`imi kutilmoqda. Bu haqda Meteojurnal texnika fanlari doktori, Turkmaniston qishloq xo`jaligi universiteti professori Qodir Murodovning "MDH ovozi" radiosiga bergan intervyusiga tayanib ma`lum qildi. 

Ekspertning fikricha, paxta sanoatining rivojlanishiga mamlakatda amalga oshirilayotgan transformasiyalar, shuningdek, paxta yig`ish uskunalari - traktorlar, kombaynlar, tirkamalar va boshqalarni etarli miqdorda sotib olingani yordam bermoqda.

2021 yilda Turkmanistonda paxta terimiga 620 ming gektar maydon ajratilgan. Turkmaniston OAVga ko`ra, terimga 1000 ta paxta terish mashinasi, 2227 ta yuk mashinasi, 2301 ta traktor jalb qilingan.

Yig`im-terim mamlakatda rasman 8 sentyabrdan, shimoliy hududlarida esa 15 sentyabrdan boshlangan. 

 

    Boshqa yangiliklar