AsosiyJamiyat

Pskentda kadastrning sobiq xodimi uy-joy qurish uchun fuqarolarga qalbaki hujjat tayyorlab bergan

'Pskentda kadastrning sobiq xodimi uy-joy qurish uchun fuqarolarga qalbaki hujjat tayyorlab bergan'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro U.R. Toshkent viloyati “Er tuzish va ko`chmas mulk kadastri” Davlat korxonasi Piskent tumani filiali mutaxassisi vazifasida ishlagan paytida, tuman hududida bo`sh turgan 12 sotix er maydonini ikki nafar fuqaroga uy-joy qurish uchun 6 sotixdan ajratib berish evaziga jami 4 000 AQSh dollarini qo`lga kiritib, ularning nomiga qalbaki kadastr hujjatlarini tayyorlab berganligi aniqlangan.        

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar