O`zbekistonlik yoshlarga Hindistonda AKT sohasida qisqa muddatli o`quv kurslari taklif qilinmoqda ️
Hindistonning Lal Bahodur Shastri nomidagi menejment institutida AKTning “sun`iy intellekt” sohasi, “Python”, “Jawa” dasturlash tili va boshqa qator yo`nalishlarda o`zbekistonlik yoshlar uchun alohida qisqa muddatli o`quv kurslari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.
Talab etiladi:
- Nomzodlar AKT, matematika, fizika bo`yicha bakalavr darajasiga ega bo`lishi;
- Ingliz tilida erkin muloqot qilishi;
- Kurs davomiyligi: 3-4 hafta;
- Dars jarayoni har kuni nazariy va amaliy mashg`ulotlarni o`z ichiga oladi.
O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma`lumotiga ko`ra, nomzodlarning xalqaro aviachiptalardan boshqa xarajatlari institut tomonidan qoplanadi.
"2021 yilning 26 sentyabr kuniga qadar Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining (71) 202-33-55 (ichki raqam: 32), 1282 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin",– deyiladi xabarda.