AsosiyJamiyat

O`zbekistonda bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi bo`yicha tekshiruv va monitoringni o`tkazish tartibi belgilandi

'O`zbekistonda bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi bo`yicha tekshiruv va monitoringni o`tkazish tartibi belgilandi'ning rasmi

Mamlakatimizning 78 foiz er maydoni seysmik faol hududlarda joylashgan bo`lib, MSK – 64 shkalasi bo`yicha 6 va undan yuqori ballik yer silkinishlari doimiy ravishda sodir bo`lishi kuzatiladi.

Shu sababli, mamlakatimiz aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta`minlashning qonuniy asoslarini takomillashtirish, mas`ul davlat organlarining bu boradagi vakolatlarini belgilash hamda kuchli zilzilalarga tayyorgarlik ko`rish, ularning oqibatlarini bartaraf etishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish zarurati mavjud.

O`zbekiston Respublikasining “O`zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta`minlash to`g`risida”gi Qonuni Fanlar akademiyasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta`minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4794-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

Qonun 5 bob, 26 moddadan iborat. Qonunda Vazirlar Mahkamasi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi hamda davlat hokimiyati organlarining seysmik xavfsizlikni ta`minlash sohasidagi vakolatlari belgilab berildi.

Unga ko`ra:

- Vazirlar Mahkamasi mas`ul davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, seysmik xavf darajasini kamaytirish bo`yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni nazorat qiladi.

- Seysmik xavfsizlikni ta`minlash ob`ektlari ahamiyatiga ko`ra 4 ta toifaga bo`linmoqda:

·               xavflilik omili past (I toifa, vaqtincha pavilonlar, kioskalar, omborlar v.b.);

·               o`rta (II, yakka tartibdagi uy-joylar (3 qavatgacha), oromgohlar, umumiy ovqatlanish v.b.);

·               yuqori (III, ko`priklar, tonnellar, yo`l o`tkazgichlar, o`rta va ko`p qavatli (3 va undan yuqori) uylar hamda mehmonxonalar, ta`lim muassasalari v.b.);

·               o`ta yuqori (IV, suv omborlari to`g`onlari, GESlar, mudofaa ob`ektlari, radiaktiv moddalarni saqlash, tozalash va ko`mish ob`ektlari v.b.);

- Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi bo`yicha tekshiruv va monitoringni o`tkazishning quyidagi tartibi o`rnatilmoqda:

·               I–IV toifa ob`ektlari har besh yilda seysmik mustahkamlik bo`yicha vizual tekshiruvdan o`tkaziladi;

·               III–IV toifa ob`ektlari har o`n yilda seysmik mustahkamlik bo`yicha instrumental texnik tekshiruvdan o`tkaziladi;

·               suv omborlari to`g`onlari va gidroelektr stansiyalarida instrumental texnik tekshiruvlar yiliga ikki marta o`tkaziladi;

·               har bir kuchli zilziladan so`ng (5,0 magnitudali) suv omborlari to`g`onlarida zudlik bilan instrumental texnik tekshiruvlar o`tkaziladi.

- Kuchli zilzilalar natijasida zarar ko`rgan ob`ektlarni tiklash Davlat byudjeti, xalqaro moliya institutlari mablag`lari va boshqa taqiqlanmagan manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.

-Fuqarolarning seysmik xavfsizlikni ta`minlash sohasidagi huquqlari va majburiyatlari belgilangan.

Eslatib o`tamiz, mazkur Qonun Oliy Majlis Senatining 31-iyul kungi XVII yalpi majlisida ma`qullangan edi.

Qonunning qabul qilinishi quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

·               respublika aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta`minlashning iqtisodiy va huquqiy asoslari shakllantiriladi;

·               respublika aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta`minlashning sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, amaldagi qonunchilikdagi bo`shliqlarni bartaraf etish va huquqiy tartibga solishning zarur darajasini ta`minlash uchun samarali me`yoriy-huquqiy baza yaratiladi.

Shuningdek, qonunning qabul qilinishi ijtimoiy-iqtisodiy samaralarga olib keladi (aholi va hududlarning seysmik xavfsizligi ta`minlash darajasi yangi bosqichga chiqadi, sohani uzviy rivojlanishi ta`minlanadi, seysmik mustahkam bino va inshootlarni qurilishi sifati nazoratga olinadi).

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar