1

O`zbekistonning 4 ta hududida sinov tariqasida aholini ro`yxatga olish tadbiri o`tkaziladi

Jamiyat 16.09.2021, 18:51
Teglar: statistika
O`zbekistonning 4 ta hududida sinov tariqasida aholini ro`yxatga olish tadbiri o`tkaziladi

AOKAda Davlat statistika qo`mitasi raisi o`rinbosari Zohidjon Ziyaev, boshqarma boshlig`i Qobil Berdiqulov, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori Bahodir G`oyibnazarov ishtirokida matbuot anjumani o`tkazildi.

Matbuot anjumanida ma`lum qilinishicha,  2021 yilning 1-25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro`yxatga olish tadbiri o`tkazilishi belgilangan.

Sinov tariqasida aholini ro`yxatga olishga puxta tayyorgarlik ko`rish maqsadida 2021 yil may oyida sinov hududlarida kadastr organlari tomonidan tayyorlangan mahallalarning xaritalari uy-joylar ro`yxatini tuzuvchi xodimlar (registratorlar) tomonidan joyiga chiqqan holda haqiqiy holatga mosligi o`rganilib, uy-joylar ro`yxati tuzib chiqildi hamda uyma-uy yurgan holda aholi soniga aniqlik kiritilib, xonadonlar ro`yxati yangilangan.

Mazkur ishlar uchun jami 175 nafar (Xo`jaobod tumanida 35 nafar, Yuqori Chirchiq tumanida 37 nafar, Xiva shahrida 22 nafar va Yashnobod tumanida 81 nafar) registratorlar statistika, kadastr, mahalla va uy-joy fondidan foydalanuvchi tashkilotlar xodimlari orasidan hududiy komissiyalar tomonidan tanlab olindi. Tanlab olingan registratorlar joriy yilning 28-30 aprel kunlari Davlat statistika qo`mitasi mutaxassislari tomonidan maxsus dastur asosida o`qitilib, tanlanma ravishda mahallalarga chiqqan holda ularning amaliy ko`nikmalari oshirildi.

Hozirgi kunda 4 ta hudud bo`yicha ishlab chiqilgan tashkiliy rejaga muvofiq, mahallalarda aholini ro`yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va nazorat qilishga mo`ljallangan ro`yxatga olish uchastkalari tashkil etilmoqda. Jami bo`lib 100 ta, shundan, Xo`jaobod tumanida 11 ta, Yuqori Chirchiq tumanida 13 ta, Xiva shahrida 7 ta va Yashnobod tumanida 19 ta ro`yxatga olish uchastkalari tashkil etilmoqda.

Shuningdek, har 5 nafar ro`yxatga oluvchi ishini nazorat qilib boruvchi instruktorlik uchastkalari tashkil etilmoqda. Bular, Xo`jaobod tumanida 56 ta, Yuqori Chirchiq tumanida 68 ta, Xiva shahrida 36 ta va Yashnobod tumanida 94 tani tashkil etadi.

Mazkur uchastkalar uchun mahalliy hokimliklar tomonidan zarur vositalar bilan jihozlangan bino yoki xonalar ajratilmoqda.

Shu bilan birga, hozirda aholini ro`yxatga olish jarayonlariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlarni tanlab olish ishlari davom etmoqda. Ro`yxatga olish jarayonlariga jami bo`lib 1900 nafarga yaqin xodim jalb etilishi rejalashtirilgan. Bular, Xo`jaobod tumanida 413 nafar, Yuqori Chirchiq tumanida 506 nafar, Xiva shahrida 268 nafar va Yashnobod tumanida 698 nafarni tashkil etadi.

Sharhlar

19 mingdan 30 ming so`mgacha… Hududlarda osh narxi qanchaligi e`lon qilindi

01.04.2024, 10:54

Statistika agentligi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning 2024 yil mart oyi uchun o`rtacha narxlari e`lon qilindi. Unga ko`ra, 1 porsiya oshning o`rtacha narxi:Qoraqalpog`iston R. –...
O`zbekistonda may oyida 1733 nafar egizak dunyoga keldi. Eng ko`p tug`ilgan viloyat...

10.06.2022, 11:48

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning 1 iyun holatiga ko`ra, O`zbekistonda 70,5 ming tug`ilish qayd etilgan.   Shundan 1 733 nafari egiz tug`ilganlardir.May oyida hududlar...
O`zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qaysi oyda eng yuqori bo`ldi?

29.12.2021, 10:38

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O`zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 37,9 mlrd. AQSh dollariga teng bo`lgan.  Oylar kesimida O`zbekiston Respublikasining tashqi...
2021 yilning yanvar-noyabr oylarida qaysi hududda eng ko`p nikoh qayd etildi?

22.12.2021, 11:15

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida respublika bo`yicha jami 276 852 ta nikoh holatlari qayd etilgan.Bu o`tgan yilning mos davriga nisbatan 11...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1