AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi “Afrosiyob”lar soni yana bittaga ko`payadi

'O`zbekistondagi “Afrosiyob”lar soni yana bittaga ko`payadi'ning rasmi

“Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdlari soni yana bittaga ko`payadi. Bu haqda O`zbekiston temir yo`llari AJ ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra, Ispaniyaning  “Patentes Talgo S.L.U.” kompaniyasi hamda “O`zbekiston temir yo`llari” AJ o`rtasida tuzilgan shartnomaga binoan “Afrosiyob” poezdining yana bitta harakat tarkibi O`zbekiston tomon yo`l olgan.

Poezd Ispaniyaning Bilbao portidan kema orqali bugun Rossiyaning Sankt-Peterburg portiga etib kelgan. 

Safarning mazkur bosqichida “O`zbekiston temir yo`llari” AJ mutaxassislari rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda mazkur zamonaviy poezdni relsga qo`yib mamlakatimizga olib kelishga harakatlarini boshladilar.  

    Boshqa yangiliklar