Dam olish kunlari havo iliq bo`ladi va keyingi haftaning boshida harorat pasayadi.
Bu haqda Gidrometerologiya xizmati ma`lum qildi.
Unga ko`ra, bugun va ertaga respublika hududi bo`yicha quyoshli va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kunlari termometr ko`rsatkichi 35-37° gacha ko`tariladi, bu ushbu kunlar me`yoridan 2-4° ga yuqori bo`ladi.
Ammo, bugungidan Volga bo`yi hududlaridan sovuq antisiklon kirib kelishi boshlanadi. Shanba kuniga kelib, havo harorati 30-33° gacha, Ustyurtda 23-26° gacha pasayadi. Shimolda va cho`l hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Yakshanba kunidan boshlab sovuq front kirib kelishida quruq va salqin havo O`zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kunduz kuni 32-35° gacha, Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida 22-27° gacha biroz pasayadi.
Keyingi haftaning boshida sovuq antisiklon ta`siri kuchayadi. Butun hududda yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati barcha joylarda iqlimiy me`yorlargacha pasayadi, kechalari va ertalabki soatlarda 10-13° ni, kunduz kunlari 26-29° ni tashkil etadi.






