AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev O`zbekistonning ShHTdagi raisligidagi ustuvor vazifalarini bayon qildi

'Shavkat Mirziyoev O`zbekistonning ShHTdagi raisligidagi ustuvor vazifalarini bayon qildi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Shanxay hamkorlik tashkilotining Dushanbedagi sammitida ushbu nufuzli tashkilotga 2021-2022 yillarda raislik qilish O`zbekistonga o`tishi to`g`risida qaror qabul qilindi.  

Prezident Shavkat Mirziyoev mamlakatimizning ShHTdagi raisligidagi ustuvor vazifalarini bayon qildi. Bu haqda Prezident Matbuot  kotibi xabar bermoqda. 

Bular:

➖ ShHTning nufuzi va salohiyatini yanada oshirish;

➖ Ichki mintaqaviy savdoni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;

➖ Sanoat kooperasiyasi dasturini qabul qilish va bu borada hamkorlikni nazarda tutuvchi markazlarni tuzish;

➖ ShHTning Transport bog`liqligi strategiyasini qabul qilish;

➖ ShHT makonida infratuzilmani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;

➖ kambag`allikni kamaytirish va oziq-ovqat xavfsizligi sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirish;

➖ ShHTning xalqaro axborot xavfsizligi bo`yicha ekspertlar forumini ta`sis qilish;

➖ ShHTning Ezgu niyat elchisini institutini joriy qilish;

➖ turizm sohasida hukumatlararo bitimni ishlab chiqish;

➖ yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishni nazarda tutuvchi “Yo`l xaritasi”ni qabul qilish.

O`zbekiston raisligi davrida davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida hamkorlarimiz bilan birgalikda 80 dan ortiq tadbir o`tkazish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar