SKY CAMP BO‘STONLIQ birinchi ochiq sport va musiqa festivali sabab Bo`stonliqda vaqtincha yo`l yopiladi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma`lum qildi.
Bo`stonliq tumani hududidan o`tgan avtomobil yo`lida «SKY CAMP BO‘STONLIQ» nomli marafon o`tkazilishi munosabati bilan 2021-yil 18-19-sentyabr kunlari soat 7:00 dan 11:00ga qadar tuman hududidan o`tgan 4R10 "Chorbog` suv ombori xalqa avtomobil yo`li"ning 0-kilometridan 13-kilometrigacha bo`lgan masofada harakatlanish vaqtincha cheklanadi.
Mazkur vaqtda haydovchilarga 4R6 "Toshkent-Chirchiq-Chimyon" avtomobil yo`lining 54-kilometridan 96-kilometrigacha bo`lgan yo`l orqali, yani Chimyon qishlog`i orqali aylanib o`tish tavsiya etiladi.
Barcha haydovchilardan vaqtincha yo`l yopilganda tartibga soluvchilarning ishoralari hamda yo`l belgilarining talablariga rioya qilishlarini so`raymiz.






