AsosiyJamiyat

O`rtachirchiqda fuqaro o`limi bilan bog`liq YTHni sodir etgan haydovchi Milliy gvardiya xodimi emasligi ma`lum qilindi

'O`rtachirchiqda fuqaro o`limi bilan bog`liq YTHni sodir etgan haydovchi Milliy gvardiya xodimi emasligi ma`lum qilindi'ning rasmi

Joriy yilning 12 sentyabr kuni soat 01:30 larda Toshkent viloyati, O`rtachirchiq tumani hududida   "Matiz" hamda "Damas" rusumli avtomabillar   ishtirokida sodir bo`lgan YTH  oqibatida "Damas" haydovchisi boshqaruvni yo`qotib yo`lning o`ng tomonida turgan 2007 yilda tug`ilgan piyoda A.K.ni urib yuborgani va natijada  fuqaro A.K. olgan og`ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Bu bo`yicha Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakti xavfsizligi Bosh boshqarmasi tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.  

Olib borilgan o`rganishlar natijasiga asoslanib mazkur munosabatga qo`shimcha ravishda shuni ma`lum qilamizki, davlat raqami 10 Z 954 SA bo`lgan “Matiz” rusumli avtomabil haydovchisi fuqaro T.M. ayni damda Milliy gvardiya xodimi emas. U oldin Toshkent shahar Qo`riqlash boshqarmasining xodimi bo`lgan va o`z xoxishi bilan ishdan bo`shatilgan. Uni oldindan tanigan fuqarolar tomonidan  berilgan ma`lumotga ko`ra ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videotasvirda Milliy gvardiya xodimi deb yodga olingan.  

Holat yuzasidan esa Toshkent viloyati O`rtachirchiq tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan ushbu haydovchi T.M. ga nisbatan O`Z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va joriy yilning 15 sentyabr kuni extiyot chorasi sifatida Sud qarori bilan qamoqqa olingan.

    Boshqa yangiliklar