AsosiyJamiyat

Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi bo`yicha reyting tizimi joriy etilmoqda — Oliy Majlis

'Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi bo`yicha reyting tizimi joriy etilmoqda — Oliy Majlis'ning rasmi

Bugun, 17 sentyabr kuni Farg`ona viloyat hokimligida Oliy Majlis Senati tomonidan “Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi bo`yicha reyting tizimini joriy etish to`g`risida”gi qaror mazmun-mohiyatiga bag`ishlangan seminar bo`lib o`tdi. Bu haqda Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati ma`lum qildi.

Seminarda senatorlar, Yoshlar parlamenti a`zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, hokimlik mutasaddilari, boshqarma va tashkilotlar mas`ullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmonida yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi doirasida olib borilayotgan ishlarni tahlil qilish orqali mutasaddi rahbarlar faoliyati, shuningdek, hududlarni baholash zarurligi o`z ifodasini topgan.

Seminarda bu borada amalga oshirilishi zarur bo`lgan jihatlarga urg`u berildi. Ta`kidlanganidek, Nizomga asosan yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishini reyting baholashda 9 ta indikator va 44 ta subindikatordan foydalaniladi. Respublika komissiyasi tarkibiga Senat Raisi boshchiligida yoshlar bilan bevosita ishlaydigan vazirlik va idoralar birinchi rahbarlari jalb qilingan.

 Har yili may, iyun oylarida hududlardan yakuniy ma`lumotlar olinib, g`oliblar e`lon qilinadi. E`tiborlisi, g`olib hududlar rahbarlari yil davomida muntazam rag`batlantirilib borilishi rejalashtirilgan. Ko`rsatkichlari past hududlar faoliyati esa tanqidiy-tahliliy ko`rib chiqilib, tegishli choralar ko`riladi.

Shuningdek, seminarda reyting baholash tizimi haqida taqdimotlar asosida atroflicha ma`lumot berilib, istiqboldagi vazifalar kelishib olindi.

    Boshqa yangiliklar