Bu haqda kinorejissyor Ulug`bek Yo`ldoshevning fasebook sahifasiga tayanib kun.uz xabar berdi.
Shuhrat Ergashev 1945 yilda Toshkentda tug`ilgan. 1968 yilda Toshkent teatr va rassomchilik institutining aktyorlik fakultetini tamomlagan. Toshkent davlat akademik rus drama teatrida aktyor sifatida ishlagan.
1970 yildan «O`zbekfilm» kinostudiyasida ish boshlagan. U kino aktyori sifatida Elyor Eshmuhammedovning «Noziklik» (1966) filmida debyut qilgan.
Faoliyati davomida o`ttizdan ortiq filmlarda rol o`ynagan: «Dilorom» (Moni), «Qo`mondonning qaytishi» (Mauser), «U yolg`iz emasdi» (Akbarov), «Qora konsulning o`limi» (Jamol Ubaydulla), «Semurg`» (Sherzod), «Bu yaxshi yigit» (Timur), «Men senga shahar beraman» (haydovchi), «Uchrashuvlar va ajralishlar» (Shuhrat), «Shumbola»(kinochi), «Ilk yo`lovchilar» (Akbarov) va shular jumlasidan.
1990-yillarda ShuhratErgashev aktyorlik bilan bir qatorda prodyuserlik ishlari bilan ham tanildi. Shu davrdan boshlab u Rossiyada suratga olinayotgan ko`plab seriallar va filmlarda suratga tushdi. “Boes”, “Psevdonim “Albanes”, “Znaxar”, “Mech”, “Vsoskiy. Spasibo, chto jivoy” va “Kuba” uning oxirgi filmlaridan.
1989 yilda Shuhrat Ergashevga O`zbekiston Xalq artisti unvoni berilgan.
Turli xabarlarga ko`ra, mashhur aktyor Moskva shahrida dafn etiladi.