Yurtimizda koronavirusga qarshi emlash jarayonlari boshlanganiga 5 yarim oydan oshib qoldi. Xo`sh, shu paytga qadar mamlakat aholisining qancha qismi infeksiyaga qarshi to`liq emlandi?
SSV Matbuot xizmati bu boradagi savollarga quyidagi ma`lumotlar orqali javob berdi:
Mamlakatimiz aholisining 21 million nafardan ortiq qismi emlash tadbirlariga qamrab olinishi rejalashtirilgan bo`lib, joriy yil 15 sentyabr holatiga ko`ra, jami emlanuvchilarga nisbatan 1-dozani olganlar 47,6 foizni tashkil qilgan.
Shunday qilib, yurtimizda kamida 1 doza vaksina olganlar 10 million 200 ming nafardan oshgan (15 sentyabr holatiga ko`ra).
Virusga qarshi to`liq bosqichlarda vaksina olganlar jami emlanadigan aholining 16 foizini tashkil qilib, ularning soni 3,4 million nafardan oshgan.






