“Qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yo`qotishlarini qisqartirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Hukumat qarori (574-son, 17.09.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi.
Qarorga ko`ra, Qishloq xo`jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasida Elektron agrosanoat bozori portali tashkil etiladi.
Elektron portalda, jumladan:
- ichki bozorni asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash darajasi doimiy baholanadi;
- xo`jalik yurituvchi sub`ektlar o`rtasida onlayn rejimda kooperasiya aloqalari yo`lga qo`yilib, elektron savdolar tashkil etiladi.
Elektron portal 2021 yil 1 oktyabrdan 1 dekabrgacha “test rejimi”da ishlaydi va 2022 yil 1 yanvardan to`liq ishga tushiriladi.
Qarorga ko`ra, “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali ajratilgan davlat mulki hisoblangan er uchastkalari va bino-inshootlar qiymati tadbirkorlar tomonidan, istisno tariqasida, savdo o`tkazilgan sanadan boshlab bir yil davomida teng ulushlarda bo`lib-bo`lib to`lash mexanizmi joriy qilinadi.