AsosiyJamiyat

XTV ayrim maktablarda darsliklarning etishmovchiligi kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

'XTV ayrim maktablarda darsliklarning etishmovchiligi kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirligi ota onalarga murojaat bilan chiqdi.  

"Yangi o`quv yili boshida ayrim o`quvchilarning maktabdan-maktabga o`tishi, jumladan ta`lim tilini o`zgartirishi natijasida ba`zi maktablarda darsliklarning etishmovchiligi kuzatilishi mumkin.  

Joylardagi bunday muammolarni o`sha maktab rahbariyati hamda hududiy xalq ta`limi bo`limi va boshqarmalari hududdagi kitob ortiqcha bo`lgan boshqa maktablardan kitob etishmayotgan maktablarga o`tkazish orqali zudlik bilan hal etish choralarini ko`rishi belgilangan.  

Agar murojaatingiz ijobiy hal etilmasa va darslik etib bormasa Xalq ta`limi vazirligi tomonidan ishga tushirilgan maxsus telegramm-bot (@uzedudarslik_bot) orqali siz darslik bilan yuzaga kelgan muammo bo`yicha aniq ma`lumotni yuborishingiz mumkin bo`ladi.

Vazirlik har bir murojaatni nazoratga oladi va zarur kitobni qo`shni maktab, tuman va kerak bo`lsa viloyatdan etkazilishini nazoratga oladi.

Shu bilan birgalikda, barcha darsliklarning elektron versiyalarini ushbu havola orqali yuklab olish mumkinligini ham ma`lum qilamiz" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar