12-sentyabr kuni soat 19:30 larda, “Chorbog`” MFY Shodlik ko`chasida, Namangan tumanida yashovchi, 1991-y.t. fuqaro “Damas” rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan piyoda, Namangan tumanida yashagan, 59 yoshdagi ayolni urib yuborgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Natijada, piyoda bosh miya orqa suyagini sinishi va bosh miya og`ir darajadagi lat yeyishi tashxisi bilan shifoxonada vafot yotgan.
Ushbu holat bo`yicha Namangan tuman IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan 2021-yil 14-sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






