“Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o`tkazish tartibotlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” Huqumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 oktyabrdan shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini amalga oshirishda:
➖ shaharsozlik hujjatlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali ko`rib chiqiladi;
➖ davlat mablag`lari, davlat kafolatiga olingan tashqi investisiya mablag`lari hisobiga amalga oshiriladigan ishlarning loyiha hujjatlari “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan ko`rib chiqiladi;
➖ boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan ob`ektlar loyiha hujjatlari akkreditasiya qilingan yuridik shaxslar, “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan ko`rib chiqiladi;
➖ ijobiy ekspertiza xulosalari “Ekspertiza xulosalarining yagona reestri”ga kiritilgan taqdirda haqiqiy deb tan olinadi;
➖ ekspertizadan o`tkazganlik uchun xizmatlar haqini tabaqalashtirilgan tartibda hisoblash tizimi joriy etiladi;
➖ loyiha hujjatlarini ko`rib chiquvchi ekspert – mutaxassislarni attestasiyadan o`tkazish va ularni sertifikatlash tizimi yo`lga qo`yiladi.
Qaror bilan Ob`ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta`mirlash bo`yicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy echimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, quyidagi ob`ektlarning loyiha hujjatlarini ekspertizadan o`tkazish majburiy emas:
▪️ mavsumiy ishlar uchun vaqtincha va maishiy binolar;
▪️ 300 kub metrdan ortiq bo`lmagan alohida qurilayotgan kichik hajmdagi ob`ektlar;
▪️ ikki qavatdan yuqori bo`lmagan (sokolni hisobga olmagan holda) balandligi er yuzidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo`lmagan yakka tartibdagi uy-joylar;
▪️ joriy ta`mirlanadigan binolar, inshootlar.






