15 sentyabr kuni o`tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida bir qancha muddatdan buyon qidirilayotgan jinoyatchi qo`lga olindi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Unga ko`ra, qidiruvdagi shaxs Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo`lgan.
Uychi tumanida yashagan, 2015 yilda O`z.R JKning 167-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 1982 yilda tug`ilgan fuqaroni viloyat IIB JQB kichik tezkor vakillari tomonidan Namangan shahar Boburshoh ko`chasidan ushlanib, Namangan shahar IIO FMB VShga joylashtirilgan.






