Qaysi viloyat hududida eng ko`p fuqaro vaksinalangani xususida SSV Matbuot xizmati emlash jarayonlarining 5 yarim oylik tahlillarini e`lon qildi.
Umumiy emlash statistikasiga ko`ra, Farg`ona, Namangan va Andijon viloyatlari emlash jarayonlarida peshqadam bo`lib turibdi.
15 sentyabr holatiga ko`ra:
umumiy qo`llangan dozalar bo`yicha Farg`ona viloyati (1 991 751 doza);
birinchi dozani olgan fuqarolar bo`yicha Andijon viloyati (1 155 375 doza);
koronavirusga qarshi to`liq bosqichlarda emlangan fuqarolar soni bo`yicha Farg`ona viloyati (409 949 doza) etakchilik qilmoqda.






