AsosiyJamiyat

Camarqandda odam savdogarlari qo`lga olindi

'Camarqandda odam savdogarlari qo`lga olindi'ning rasmi

Samarqand viloyati IIB Terrorizm va estremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor tadbirda odam savdogarlari qo`lga olingan.

Samarqand viloyati IIB ma`lumotiga ko`ra,1992 yilda tug`ilgan, Oqdaryo tumani Loyish shaharchasida yashovchi A.A., Turkiya davlatining Istambul shahrida yashab kelayotgan onasi, 1973 yilda tug`ilgan O.R. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, 1999 yilda tug`ilgan M.ni aldov yo`li bilan, kelgusida fohishalik maqsadda ishlatish uchun Samarqand xalqaro Aeroporti orqali, Turkiya davlatining Istambul shahriga yuborayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur xolat yuzasidan, Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergvo bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135 moddasi 2 qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar