AsosiyJamiyat

O`zbekistonda sakkiz oy ichida 270 trln. so`mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan

'O`zbekistonda sakkiz oy ichida 270 trln. so`mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan'ning rasmi

 Davlat statistika qo`mitasining ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning 1 sentyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda sanoat korxonalari tomonidan jami 269,8 trln. so`mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

 Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,2 % ga oshgan.

Oylar kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi:

  • yanvar – 26,8 trln. so`m  
  • yanvar-fevral – 55,3 trln. so`m
  • yanvar-mart – 91,5 trln. so`m  
  • yanvar-aprel – 124,3 trln. so`m
  • yanvar-may – 160 trln. so`m
  • yanvar-iyun – 200,1 trln. so`m
  • yanvar-iyul – 233,8 trln. so`m  
  • yanvar-avgust – 269,8 trln. so`mni tashkil etgan.

Boshqa yangiliklar